«Dunyo» xabariga köra, tantanali marosim Italiya prezidentining Rim şahridagi rasmiy qarorgohi – «Kvirinale» saroyida bölib ötdi.
Bölib ötgan suhbat davomida Serjio Mattarella joriy yilning 9-11 noyabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifini yodga oldi va taşrif unda unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etdi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida strategik muloqotni ilgari surişning yuksak ahamiyati tasdiqlandi, Özbekiston va Italiyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi istiqbollaridan samarali foydalanişdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida Italiya prezidenti Özbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi hamda u ziyorat qilgan Samarqand va Xiva şaharlaridagi qadimiy obidalar jozibasini alohida qayd etdi.
Abat Fayzullayev joriy yilning oktyabr oyida Özbekistonning Italiyadagi elçisi etib tayinlandi. U 2020-2023 yillarda Özbekistonning Avstriyadagi elçisi bölib işlagan, şuningdek, Vengriyada örindoşlik asosida elçi bölgan. Bir vaqtning özida, Özbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Venadagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.
Abat Fayzullayev 2018-2023 yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov örniga tayinlandi.









