AQŞ «Kongressdagi respublikaçilarning qarşiliklari kuçayişi va jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay» Ukrainani Rossiyaga qarşi mudofaa harakatlarida qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Kiyevga e’lon qilinmagan taşrif bilan kelgan AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina rahbariyatini bunga işontirdi. Pentagon rahbarining sözlarini 20 noyabr, duşanba kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi Ostin boşçiligidagi delegatsiyaning nomi oşkor etilmagan a’zolariga tayangan holda keltirdi.

Amerikalik vazirning özi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng X ijtimoiy tarmoğida şunday yozdi: «Biz ittifoqçilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda Ukrainani bevosita jang maydoni va uzoq muddatli mudofaa ehtiyojlarini qondirişda qöllab-quvvatlaşda davom etamiz». Uning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar Ukrainani kuçli qöllab-quvvatlaşini tasdiqlaş uçun özining Ukraina prezidenti bilan uçraşuvi «şarafdir».

Ostin «Ramştayn» formatidagi 17-uçraşuvga mezbonlik qiladi

Lloyd Ostin bilan birgalikda NATOning Yevropadagi ittifoqçi kuçlari oliy qömondoni, general Kristofer Kavoli Kiyevga yetib keldi. Pentagon saytida ta’kidlanişiça, uşbu taşrif davomida AQŞ Mudofaa vazirligi rahbari Ukraina rahbariyati bilan strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş, jumladan, «Ukraina qurolli kuçlarini zarur bölgan jangovar imkoniyatlar bilan ta’minlaş masalalarini muhokama qilmoqçi».

Şu hafta oxirida amerikalik vazir Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhining «Ramştayn» formatidagi 17-yiğilişni ötkazadi, u onlayn tarzda bölib ötadi. Uçraşuvda 50 ga yaqin davlat vakillari iştirok etişi kutilmoqda.

AQŞ parlamentining Ukrainaga yordami söroq ostida qolmoqda

Qöşma Ştatlar Ukrainaning asosiy ittifoqçisi va harbiy yordam hajmi böyiça yetakçi hisoblanadi. Ukraina uruşi boşlanganidan beri Vaşington Ukraina tomonini qöllab-quvvatlaş uçun 60 milliard dollar ajratdi. Amerika rasmiylariga köra, joriy yilning noyabr oyi boşiga kelib Qöşma Ştatlar uşbu mablağning 96 foizini sarflab bölgan.

Prezident Jo Bayden oktyabr oyida AQŞ parlamentidan Ukrainaga 61,4 milliard dollar, Isroilga esa 14,3 milliard dollar yordam körsatişni ma’qullaşni söragan, biroq demokratlar va respublikaçilar örtasidagi kelişmovçiliklar tufayli yillik budjet hali qabul qilinmadi. Kongressning har ikki palatasi faqat vaqtinçalik budjetni ma’qulladi, unda Ukraina va Isroilga yordam nazarda tutilmagan.