Ukrainadagi keng kölamli uruş natijasida, BMT hisob-kitoblariga köra, allaqaçon 10 mingdan ortiq tinç aholi halok bölgan. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça oliy komissarligi boşqarmasi (IHOKB) Jyenevadagi idorasi seşanba kuni ularning yarmiga yaqini jangovar hududlardan taşqarida öldirilganini ma’lum qildi.

Xususan, köp sonli tinç aholi uruş boşida, Mariupol uçun şiddatli janglar paytida qurbon böldi, deyiladi bayonotda.

Halok bölgan tinç aholining katta qismi - havo hujumlari qurbonlari

BMT monitoring missiyasi rahbari Daniel Bell 10 ming tinç aholi qurbonlari sonini Ukraina uçun «qayğuli davr» deb atadi. Bell sözlariga köra, halok bölgan tinç aholi vakillarining aksariyati - Ukraina şaharlariga havo hujumlari qurbonlari.

Uruşda qurbon bölganlar haqida ma’lumot töplaş uçun önlab xodimlarini mamlakatga yuborgan taşkilotga köra, Ukrainadagi tinç aholi orasida qurbonlar haqiqiy soni ança yuqori bölişi mumkin. BMT faqat uruş paytida halok bölganlar haqidagi hujjatlaştirilgan ma’lumotlarni e’lon qiladi.