23 noyabr, payşanba kuni keçqurun Dublinning bir qança hududlarida tartibsizliklar boşlandi. Politsiyaga köra, ularning ortida öng ekstremistlar turibdi. Britaniyaning Sky News agentligiga köra, namoyişçilar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlarga sabab bölgan tartibsizliklar iştirokçilari soni bir neça yuz kişini taşkil qilgan. Namoyişçilar huquq-tartibot xodimlariga şişa va petardalar uloqtirib, bir neça avtobus va politsiya maşinasini yoqib yuborgan. Ijtimoiy tarmoqlarda dökonga hujum qilingani aks etgan video tarqalmoqda.
Köçaga çiqqanlar muhojirlarga qarşi şiorlar aytdi. Tartibni tiklaş uçun politsiya qöşimça kuçlarni talab qildi, dedi politsiya vakili RTE telekanaliga bergan intervyusida.
Töpolonga bolalar boğçasi yaqinidagi hujum sabab bölgan
Irlandiya poytaxtidagi tartibsizliklar şahar markazida piçoq bilan qurollangan erkak ötkinçilarga hujum qilganidan bir neça soat ötib boşlangan. Internetda hujumçi asli Jazoirdan ekanligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, biroq buning rasmiy tasdiği yöq. Politsiya jinoyatçining millati haqida izoh berişdan boş tortdi.
Hujum kunning ikkinçi yarmida Parnell-skver-Istdagi bolalar boğçasi yaqinida sodir bölgan. Jinoyatçi deb taxmin qilingan şaxs uç bola va ularni himoya qilmoqçi bölgan tarbiyaçini jarohatlagan. Ikki kişi — beş yoşli qiz va 30 yoşli ayol oğir jarohat olgan. Hujumçi politsiya yetib kelguniga qadar ötkinçilar tomonidan qölga olingan. Uşlaş vaqtida u ham yaralangan.
Jinoyat sabablari noma’lum, biroq politsiya dastlab voqeani terakt deb hisoblamasligini aytdi. Xususan, politsiya vakili Liam Jyerati sodir bölgan voqea yuzasidan jamoatçilikning xavotirini tuşunişini, biroq buni şahar yoki mamlakatdagi muammolar bilan boğliq bölmagan yakka tartibdagi hodisa deb hisoblaşini aytdi. Politsiya tartibsizliklar qatnaşçilarini «öta öng mafkura tomonidan boşqariladigan aqldan ozgan bezorilar guruhi» deb ta’riflagan. Keyinroq rasmiylar ataylab terroristik hujum uyuştiriş versiyasi ham körib çiqilayotganini ma’lum qildi.













