Yangi yil – hamma mo‘jizalar kutadigan va amalga oshishini orzu qiladigan vaqt. Texnologiya ixlosmandlari uchun esa o‘yin noutbukini sovg‘a sifatida olish bu – barcha orzularning ro‘yobga chiqishi va ushbu bayramni chinakam unutilmas qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishni anglatadi.

ASUS vakillari har qanday did va budjet uchun mos keladigan 2023 yilda chiqqan uch xil o‘yin noutbukini jamlashdi va ular Yangi yil arafasida o‘z egasini, albatta, quvontiradi. Kompaniya shuningdek, ROG oilasiga mansub qurilmalarni sotib olayotganda Steam hisobiga bonuslar olish imkonini beradigan aksiyani e’lon qildi.

Ushbu to‘plamdagi barcha o‘yin noutbuklari 2023 yilda mashhur bo‘lgan NVIDIA GeForce RTX 40 seriyali protsessorlari bilan jihozlangan. Ular DLSS va Reflex texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, buning yordamida kadrlar tezligini bir necha bor oshirish va yuzlab o‘yinlarda boshqaruvning sezgirligini ko‘tarish mumkin. DLSS 3.5 shuningdek, nurlarni kuzatish effektlarining piksellar sonini oshiradi va DLSS 3 hamda DLSS 3.5 da yangi AI kadrlar yaratish texnologiyasi 50 ta o‘yinda 4x FPSʼgacha imkon beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, RTX grafikali ASUS o‘yin noutbuklari ilovalar va kontent yaratuvchilar orasida tobora ommalashib borayotgan neyrotarmoqlardan foydalanish va ijod qilish uchun juda mos. Hammasi bo‘lib NVIDIA kartalarida nurlarni kuzatish va sun’iy intellektning apparat tezlashuvi bilan fotosuratlar, videolar va 3D grafikalar bilan ishlash uchun 110 ga yaqin ilovalar ishlab chiqarilgan.

TUF Gaming A15 va F15 – arzon narxlar va ilg‘or texnologiyalar balansi

TUF Gaming seriyasi narx va sifat mutanosibligi bilan mashhur: bu har doim eng arzon noutbuklar va kuchli apparat konfiguratsiyasini anglatadi. Va 2023 yilda ASUS ushbu seriyadagi ikkita yangi mahsulotni taqdim etdi – ular markaziy protsessor bilan farq qiluvchi A15 va F15 noutbuklaridir. A15 Ryzen 9 7940HS`gacha AMD bazasiga, F15 esa Intel Core i9-13900H`gacha bo‘lgan Intel bazasiga asoslangan.