Pashinyan: Rossiya Armanistonga puli to‘lab qo‘yilgan qurollarni yubormadi
Armaniston bosh vazirining ta’kidlashicha, Yerevan Rossiyadan puli to‘lab qo‘yilgan qurollarni olmagan, hozir tomonlar muammoni hal etish yo‘llarini muhokama qilmoqda.

Foto: Reuters
Rossiya Armanistonga puli to‘langan qurol-yarog‘ni yuborgani yo‘q, endi tomonlar muammoga yechim topish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, dedi 24 noyabr, juma kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.
«To‘lov evaziga qurol-yarog‘ va texnika berilmaganiga kelsak, albatta, bunday muammolar bor. Bu muammolarni hal qilish mexanizmlari bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda», — deya Pashinyan so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi. U «Rossiyaning o‘zi qurolga muhtoj», dedi hamda nima uchun ta’minot yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, muammoni hal qilishning ehtimoliy variantlari orasida Armanistonning Rossiya oldidagi qarzini to‘lagan mablag‘ evaziga kamaytirish ham bor. «Biz ishlashga tayyormiz, muzokaralar aniq natijalar beradi deb umid qilamiz», — dedi Pashinyan. Kreml Pashinyanning bayonotiga izoh bermadi.
Armaniston va KXShT o‘rtasidagi inqiroz
2023 yil sentabrida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yakunlanganidan keyin Pashinyan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga ishora qilib, Armaniston ishtirok etayotgan tuzilmalarni samarasiz deb atadi. Armanistonning KXShTga a’zo bo‘lishi 2020 yildan boshlab Yerevanga hech narsa olib kelmadi, dedi yozda Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan. «2020 yildan buyon Ozarboyjon tomonidan Armanistonga uchta yirik hujum uyushtirildi, bunda KXShT Armanistonga hech qanday yordam bermadi», dedi u.
2023 yil yanvarida Armaniston o‘z hududida KXShT o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortdi, iyulda esa ushbu tashkilot qutqaruv xizmatlarining Belarusdagi mashg‘ulotlarida qatnashmaslikka qaror qildi. 2023 yil may oyida Nikol Pashinyan Armaniston KXShTdan chiqib ketishi mumkinligini istisno etmadi.
Noyabr oyida bosh vazir Minskdagi KXShT sammitiga kelmadi va tashkilotdan Yerevanga yordam ko‘rsatish haqidagi hujjatni yig‘ilish kun tartibidan olib tashlashni so‘radi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

21:41 / 23.06.2025
«Krokus»dagi terakt bo‘yicha tergov ishi yakunlandi

20:22 / 23.06.2025
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

18:39 / 23.06.2025
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda

16:27 / 23.06.2025