Kun.uz muxbiri Özbekistonda kiberxavfsizlik masalalari, tölov tizimlaridan noqonuniy pul yeçib olişga doir masalalar yuzasidan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bölim boşliği Jahongir Mahmudov, kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislar Jasur Erkinboyev va Anvar Narzullayev bilan suhbatlaşdi.
— Bizda kartalar uçun tölov tizimlari bor. Kartalardagi pullar xavfsizligi masalasida tölov tizimlari qançalik javobgar böladi?
Jahongir Mahmudov, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bölim boşliği:
— Firibgarlar kartalardan pul yeçib olişida köproq inson faktori sabab böladi. Karta egasi hisob raqamdan foydalaniş huquqini bermagunça boşqalar foydalana olmaydi. Deylik, sotsial injyeneringda karta egasiga telefon qilib, SMS kodni aytib yuborişni söraydi har xil bahonalar bilan. Ijtimoiy tarmoqlardagi meros qoldiriş bilan boğliq firibgarliklar ham bor. Ular ham karta ma’lumotlarni, SMS kodlarni oladi.
Internet dökonlar orqali xaridlarda ham pul yeçib oliş bor. Bunday dökonlar juda köp, işonçlisi qaysi biliş ham qiyin. Xarid qilişda karta ma’lumotlarni söraydi. Şunda ham karta egasi ruxsat bergaç, pul ötkaziladi.

Tölov tizimlarida heç qanday ruxsatsiz ham pul yeçib olinayotgan bölsa, davlat organlarida tergov-suriştiruv ötkazilişi kerak böladi. Agar tölov tizimi aybdor bölsa, javobgarlikka tortiladi. Özimning tajribamda inson omilisiz şunçaki kartadan pul yeçib oliş holatlari uçragani yöq.
Yana bir holat, hozir qaysidir tölov tizimining veb havolasiga öxşaş havola yaratib, öşa orqali pul yeçiş holatlari ham köpayib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qanaqadir aksiyalar haqida xabarlar kelib, havolalar berişadi. Xuddi tölov tiziminiki kabi qilib qöyişadi, faqat manzil boşqa böladi, bunga hamma ham e’tibor beravermaydi. Şu narsalarga ham köproq ahamiyat berişimiz kerak.
Anvar Narzullayev, mutaxassis:
— Tölov tizimlari Özbekistonda fundamental notöğri qurilgan deb hisoblayman. Töğri, bizning tölov tizimlari juda qulay. Lekin bu narsa xavfsizlik hisobiga bölyapti. Birorta tölov tizimini olaylik, uning öz bank tizimi yöq, foydalanuvçi turli bank kartalarini öşa tölov tizimiga ulaydi. Dastur esa barça banklardagi hisob raqamlar boşqara oladi, ya’ni bank orqali bajariş kerak bölgan operatsiyalarni uçinçi dastur orqali amalga oşiradi foydalanuvçi. Bu — xato. Boşqa davlatlar tajribasida foydalanuvçi faqatgina öz kartasi oçilgan bank ilovasidan foydalanişi mumkin.

















