“Özkimyosanoat” AJ Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda Çirçiq şahrida pilot tarzda yaşil vodorod işlab çiqariş loyihasini amalga oşirişga kirişdi. 27 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyov loyiha böyiça işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş jarayoniga start berdi.
Birinçi bosqiçda yiliga 3 ming tonna vodorod işlab çiqariş va uni mineral öğitlarga qayta işlaş, şuningdek, elektrolizerlar iste’molini qoplaş uçun Buxoro viloyatida quvvati 52 MW bölgan şamol turbinalarini örnatiş reja qilingan.
Loyiha töliq amalga oşirilişi natijasida esa, respublikada 2,4 GW quvvatga ega şamol turbinalari örnatilib, yiliga 500 ming tonna yaşil vodoroddan yaşil ammiak işlab çiqarilişi közda tutilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, butun dunyoda yaşil energetika orqali, ya’ni yaşil vodorod asosida işlab çiqarilgan mineral öğitlarni 15-20 foiz qimmatroq sotiş mumkin. Özbekistonda ham yaşil, ya’ni ekologiya uçun xavfsiz energetikadan foydalaniş mahalliy mahsulotlar narxini jahon bozorida qimmatlaştirişi va xaridorlarini köpaytirişi kutilmoqda.
Loyihada Xitoyning LONGi kompaniyasining texnologiyalari qöllanmoqda.
Loyiha işga tuşgaç, öğit işlab çiqarişda tabiiy gazdan foydalaniş qisqaradi va har yili qariyb 33 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.













