Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Saudiya Arabistoni podşohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özbekiston bilan Saudiya örtasidagi köp qirrali hamkorlik va keng kölamli şeriklikni yanada kengaytiriş, şu jumladan oliy darajadagi kelişuvlarni sözsiz amalga oşirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida investitsiyalar vaziri Özbekiston yetakçisiga Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda valiahd, boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yölladi.

Davlat rahbari keyingi yillarda özaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Özaro savdo körsatkiçlari, Özbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo “yaşil” energetika sohasiga Saudiyaning töğridan töğri investitsiyalari hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.

Saudiya taraqqiyot fondi kömagida soğliqni saqlaş, ta’lim, suv ta’minoti va boşqa yönalişlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oşirilmoqda.

Özbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça qöşma fond taşkil etilmoqda.

Saudiya delegatsiyasining bu galgi taşrifi doirasida kimyo, energetika, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantiriş sohalarida 12 milliard dollarlik özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar imzolandi.

Respublika turli hududlaridagi yirik energetika loyihalarini amalga oşirişni jadallaştiriş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xöjaligi, geologiya, irrigatsiya, maişiy çiqindilarni qayta işlaş, oliy ta’lim, mehnat migratsiyasi böyiça umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surişga kelişib olindi.

Özbekistonda “yaşil” energetikani rivojlantirişda eng katta sarmoyador va strategik hamkor bölgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.