1993 yilda Isroil va Falastin örtasida tinç-totuv yaşaşni ta’minlaş böyiça imzolangan «Oslo kelişuvi» hozir öz ahamiyatini yöqotgan, deb tan oldi kelişuvlar asosçilaridan biri, norvegiyalik diplomat Yan Egelann 27 noyabr, duşanba kuni AFP agentligiga bergan intervyusida. 

Jurnalistning uşbu kelişuvlar «aslida ahamiyatsizmi» degan savoliga Egelann: «Albatta», deb javob berdi. «Oslo kelişuvi» ötmişda qoldi. Endi bizga yana bir kelişuv kerak va uni yaratiş AQŞ, Yevropa Ittifoqi va arab mamlakatlariga boğliq böladi», — dedi hozirda Norvegiya qoçqinlar kengaşi boş kotibi lavozimini egallab turgan diplomat. 

Isroil va HAMAS guruhi bir-biri bilan birgalikda yaşaş böyiça yakkama-yakka muzokara olib bora olmaydi, deya tuşuntirdi Egelann: «Işonç nolga teng böladi». Isroil «HAMASni yöq qiliş uçun uruş olib bormoqda. HAMAS Isroilni yöq qiliş uçun mavjud», dedi u.

Egelann fikriça, xalqaro hamjamiyat bu mojaroni hal qila olmayapti va AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Fransiya, şuningdek, arab davlatlari «juda zaif yetakçilik»ni namoyiş qildi. 

Diplomatik yeçimga erişiş uçun, Egelanna sözlariga köra, dastlabki yaşirin muhokamalar zarur. Uning sözlariga köra, bunday «maxfiy muzokaralar»ning «katta afzalligi» ular iştirokçilari «katta auditoriya oldida gaplaşmaydi». Şuning uçun ular «yaqinda sodir bölgan provokatsiyaga yoki zöravonlik harakatlariga javob berişga» majbur bölmaydi va «haqiqatda muzokaralar olib borişi» mumkin. 

Isroil va Falastin örtasidagi «Oslo kelişuvi» 

«Oslo kelişuvi» 1993 yilda Norvegiyada Isroil va Yosir Arofatning Falastinni ozod qiliş taşkiloti örtasida imzolangan. Uşbu kelişuv tufayli Yaqin Şarqdagi mojaroni ikki davlat yaratiş yöli bilan hal qiliş imkoni yaratilgan. Isroil armiyasi Ğarbiy sohilning ayrim hududlarini tark etdi. Taşkil etilgan Falastin milliy ma’muriyati (FMM) hududning beşdan bir qismini boşqarişga va yana beşdan bir qismini qisman nazorat qilişga erişdi.

HAMAS guruhi Osloda erişilgan kelişuvni tan olmadi va Isroil hududiga hujumlarni davom ettirdi.