Taqdimotda kompaniya blogerlarni o‘zining yangi Infinix ZERO 30  vlogfoni bilan tanishtirdi. O‘zbekistondagi yetakchi video-bloggerlar smartfonning texnik va smart xususiyatlarini tekshirib ko‘rishdi. Video va suratga olishdi, crash test o‘tkazib telefonning mustahkamligini sinab ko‘rishdi.

Zero 30 modeli 50 megapiksel imkoniyatga ega va videolarni UltraHD formatida (2K/30FPS) yozib oluvchi old kamera bilan jihozlangan. Maxsus sinematik suratga olish rejimlari bilan birgalikda ushbu smartfon keng auditoriyaga professional vloglar yaratish imkonini beradi. 2.2 Ggs chastotali yuqori samaradorlikka ega 8 yadroli MediaTek Helio G99 protsessori ilovalar o‘rtasida muammosiz almashinuv va resurs talab qiladigan dasturlar bilan ishlashni kafolatlaydi.

Yuqori samaradorlik va katta hajmli xotira

Katta hajmdagi videokontentni 2K formatida yozib olish va uni montaj qilish smartfonning kuchli tizimda va cheksiz xotira maydoni bilan ishlashini talab qiladi. 16 Gb gacha kengayishi mumkin bo‘lgan 8 Gb operativ xotira, 256 Gb ROM bilan birlashtirilgan qurilma bu vazifani har qanday vaziyatda oson uddalaydi.

Smartfon 5000 mA/soat quvvatli akkumulyator va 45 Vt quvvatga ega tez quvvatlovchi adaptor bilan jihozlangan bo‘lib, 30 daqiqada 75 foizgacha quvvat oladi.

2K 30 FPS – professional sifatda suratga olish

Infinix ZERO 30’ning 50 megapikselli old kamerasi soniyasiga 30 kadr tezlikda yuqori sifatli 2K video yozishga qodir. Foydalanuvchilar nafaqat yorqin tafsilotlarga ega hayajonli videolarni yaratishlari, balki o‘zlarini haqiqiy kinorejissyor kabi his qilish imkonini beruvchi bir nechta noyob video rejimlaridan foydalanishlari mumkin va fazani aniqlash avtofokusi har bir suratga tushganda aniq hamda sifatli kontentni ta’minlaydi. Ikkita chiroqli funksiya kam yorug‘lik sharoitida ham selfi uchun bir xil tasvir effektini beradi.