Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötmoqda. Unda «Yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqilmoqda.

Majlisda ta’kidlanganidek, ayrim haydovçilar tomonidan yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik natijasida yöl-transport hodisalari soni ortib bormoqda. Jumladan, transport vositasini mastlik holatda boşqariş bilan haydovçi özining harakatini anglay olmasligi oqibatida oğir oqibatli yöl-transport hodisalari sodir bölmoqda.

Ayrim haydovçilar tomonidan yöl harakati qoidalariga bepisandlik bilan qaraş, transport boşqariş madaniyatiga rioya qilmaslik, yöl harakatining boşqa qatnaşçilariga nisbatan hurmatsizlik, transport vositasini keskin boşqariş hamda boşqa harakatlarda ifodalanadigan «agressiv boşqariş» holatlari köpaymoqda.

Qonun loyihasi bilan yöl-transport hodisalarining oldini oliş, qöpol qoidabuzarliklar sodir etgan şaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlaş, transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum bölgan şaxs tomonidan transport vositasini takroran boşqariş uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş nazarda tutilmoqda.

Transport vositasi haydovçilari tomonidan doimiy ravişda qoidabuzarlik sodir etganlik uçun jarima ballari hisoblaş tizimini joriy etiş ham belgilanmoqda. Ya’ni, uşbu norma bilan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida ön ikki balldan oşgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uçun qöşimça jazo tariqasida haydovçini transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliniş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda.

Mazkur tartibga muvofiq, haydovçi bir yil davomida yöl harakati qoidalari bilan boğliq huquqbuzarliklarni sodir etiş yöli bilan belgilangan miqdordagi jarima ballarini töplagan taqdirda unga nisbatan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş jazosi qöşimça jazo sifatida qöllanişi belgilanmoqda.

Majlisda ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş jazosini sudlar tomonidan qöllanişini inobatga olib, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oşganlik uçun ma’muriy jazosini jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudi tomonidan qöllaş tartibi ham taklif qilinmoqda.

Bundan taşqari, siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida işlaydigan transport vositalar bilan boğliq hodisalar böyiça alohida moddalar bilan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilaş nazarda tutilmoqda.