“Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot kotibining aytişiça, “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinidagi yonğin yer ostidan ötkazilgan eski kabellarda röy bergan. Iste’molçilar boşqa tarmoqqa ötkazilib, ta’minot tiklangan. Ayni paytda bu kollektordagi telekommunikatsiya tarmoqlarida ham uziliş kuzatilmoqda.

Bugun, 28 noyabr kuni tongda Toşkent şahri markazidagi “Kosmonavtlar” metro bekati oldida kuçli yonğin kelib çiqdi. Natijada Içki işlar vazirligi binosi atrofini tutun qoplab oldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Fahriddin Nuraliyevga köra, yonğin yer ostida kabellarning şikastlanişi natijasida yuz bergan.

“Uşbu yonğin kelib çiqişiga “Sayilgoh” podstansiyasidan çiquvçi 35 kV kuçlanişli kabel tarmoğining şikastlangani sabab bölgan. Holat mutaxassislar tomonidan örganilmoqda. Ayni paytda mazkur kabel orqali ta’minlanuvçi iste’molçilarimiz boşqa tarmoqqa ötkazilib, elektr energiyasining uzluksizligi ta’minlangan. Yonğinni öçiriş uçun FVV tomonidan işlar olib borilmoqda”, – dedi Nuraliyev voqea joyida Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Uning qöşimça qilişiça, yonğin yuzaga kelgan simlar eski kabellar bölgan.

Raqamlaştiriş vazirligiga köra, yonğin natijasida mazkur kollektordan ötgan telekommunikatsiya tarmoqlarininig ayrimlariga şikast yetgan.

“Şu sababli ayrim şikast yetgan optik tolali aloqa liniyalari boşqa yönalişlar böyiça zaxira liniyalariga ötkazilib, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari tiklanmoqda.

Kollektordagi telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy liniyasidagi tiklaş işlari paytida ba’zi operatorlarning ayrim telekommunikatsiya xizmatlarida kiçik uzilişlar kuzatilişi mumkin”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Qöşimça qiliş lozim, “Hududiy elektr tarmoqlari matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev sönggi kunlarda “Sağbon” podstansiyasida yuz bergan nosozliklarga ham izoh berdi. Bu podstansiyadagi holat sababli oxirgi kunlarda Olmazor tumanining katta qismi elektr ta’minotidan bir neça marta uzilib qoldi.

“Sağbon podstansiyasida kuni keça ham avariya holati yuzaga keldi. Buning asosiy sababi maskur podstansiyada modernizatsiya işlari davom etyapti, ya’ni 40 ming kV'li kuç transformatorini örnatiş işlari olib borilyapti. Şu sababli transformatordagi kuçlaniş boşqa transformatorga ötkazilgan. Iste’molning ortişi natijasida avariyaviy holat vujudga keldi. Aytiş örinliki, ayni paytda xitoylik mutaxassislar tomonidan modernizatsiya işlari olib borilyapti. Transformator yangilanganidan keyin uşbu hududda uzilişlar vujudga kelmaydi”,