Nuriddin Mamajonov Farğona viloyati hokimining örinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

Bugun, 28 noyabr kuni viloyat hokimligida bölib ötgan yiğilişda viloyat hokimining tegişli qarori öqib eşittirilib, Nuriddin Mamajonov viloyat hokimining örinbosari sifatida taniştirildi.

Nuriddin Yoqubjonoviç Mamajonov 1982 yil 27 iyulda Quvasoy şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boşqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida Taşqi işlar vazirligi va Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda işlagan. Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasida, Frankfurt-Mayn şahridagi Boş konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022-2023 yillarda Özbekistonning Xitoydagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi bölgan.

Nuriddin Mamajonov tayinlovga qadar TIV Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinçi örinbosari – Xalqaro iqtisodiy taşkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

2021 yil may oyidan Farğona viloyati hokimining örinbosari – viloyat investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği bölib işlagan Iqboljon Ergaşev 2023 yil noyabrida Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.