Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasi reanimatsiya bölimida 26 yoşli ayol vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgaç, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Boşqarmaga köra, Çiroqçi tuman Ğallaçi mahallasida yaşagan, 1997 yilda tuğilgan A.G. 2023 yil 10 oktyabr kuni soat 06:00 da qarindoşlari tomonidan tuman tibbiyot birlaşmasi tuğuruq bölimiga olib kelingan.
Ayolda oxirgi körik 2023 yil 13 sentabrda, homiladorlikning 33-haftasida ötkazilgan. Bunda ayolga yotib davolaniş tavsiya qilingani, lekin ayol davolanişga bormagani aytilmoqda.
Qayd etilişiça, 10 oktyabr kuni bölimga kelganida ayolning umumiy ahvoli qoniqarli baholangan. U şu kuni soat 16:10 da vazni 3 400 gramm oğirlikdagi öğil çaqaloqni dunyoga keltirgan.
12 oktyabr kuni ertalab 5-6 lar oraliğida ayolning ahvoli oğirlaşib, qornida kuçli oğriq paydo bölgan. Oğriqlar kuçaygaç, birlaşma xirurg vraçlari jalb qilingan. Söng viloyatdan jarroh, akuşer-ginekolog va nefrolog çaqirilib, bemorda operatsiya ötkazilgan.
Operatsiyadan keyin ayolga tegişli muolajalar qilingan. Ammo uning umumiy ahvoli oğirlaşgan. Qilingan barça muolajalarga qaramay, u 2023 yil 16 oktyabr kuni soat 02:30 da vafot etgan, deyiladi viloyat SSB axborotida.
Qayd etilişiça, ona ölimi holati boşqarmaning kengaytirilgan yiğilişida muhokama qilingan va bu borada tegişli çoralar belgilangan.
Ayni paytda holat Çiroqçi tumani prokuraturasi tomonidan örganilmoqda.












