Jamoalar uch oy davomida bosh sovrin uchun kurash olib bordilar vanihoyat, asosiy savolga javob topildi: yangilangan ISUZU D-MAX IRBIS LSE pikapi kimga nasib qildi?

25 noyabr kuni Toshkentda D-MAX quest keng ko‘lamli kvestining finali bo‘lib o‘tdi. Bu SamAuto kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston hududida o‘tkazilayotgan ikkinchi travel-kvesti hisoblanadi. Bu yil qatnashish uchun 2200 kishi ariza topshirdi, to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar soni esa 209 taga yetdi.

D-MAX quest finali

Uch oy davomida qatnashchi jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib bordilar va jamoaviy ishlashga, «qulaylik hududidan» chiqishga o‘rganishdi, mantiq va chaqqonlikka oid topshiriqlarni bajardilar. Sinovlar qatnashchilar aniqlab, topib borishlari kerak bo‘lgan manzillarda o‘tkazildi. Bu davr davomida jamoalar Yangiobod tog‘larida, Sarmishsoy darasining qadimiy qoyalarida, Tuzkon tuzli ko‘li sohillarida, Chingizxon kanonidagi Marsnikiga o‘xshash manzaralarda uchrashdilar.

 

Loyihaning rasmiy homiysi Ipak Yo‘li banki, axborot hamkorlari esa – UzReport telekanali va Repost.uz nashri bo‘ldi, shuningdek loyihani Total va Megamix qo‘llab-quvvatladi.

Finalgacha ikkita eng matonatli, maqsadga intilgan va bahamjihat jamoalar yetib keldi: «Brigada» va «Koryoin». Qizg‘in kurash bilan o‘tgan ikkinchi D-MAX questʼda «Koryoin» jamoasi g‘alaba qozondi.

Yangi avlod ISUZU D-MAX pikaplari

Tadbir yangi avlod pikaplarining taqdimoti bilan boshlandi: bu yil SamAuto mehmonlarga kengaytirilgan rang palitrasidagi ISUZU D-MAX IRBIS LS/LSE, ISUZU D-MAX OKSUS/OKSUS LS va ISUZU D-MAX SAHAR yangi modifikatsiyalarini taqdim etdi. Aynan konveyerdan endigina chiqqan,  full-komplektatsiyadagi yorqin-olovrang ISUZU D-MAX IRBIS LSE pikapiga g‘olib jamoa ega bo‘ldi.

ISUZU D-MAX pikaplari Samarqanddagi ulkan SamAuto avtozavodida chiqariladi, u O‘zbekistondagi yuk avtomobillari, maxsus texnika va yo‘lovchi transport vositalari ishlab chiqarishning yetakchilaridan biri sanaladi.