Isroil va HAMAS örtasida 24 noyabrdan beri amalda bölgan va mos ravişda 27 va 29 noyabrda ikki marta uzaytirilgan sulh muddati tugadi. 

Isroil mudofaa kuçlari 1 dekabr kuni ertalab Ğazo sektorida jangovar harakatlarni qayta boşlaganini ma’lum qildi. 

«HAMAS sulh şartlarini buzdi va Isroil hududini öqqa tutdi. Isroil Mudofaa kuçlari Ğazo sektorida HAMAS harakatiga qarşi jangovar harakatlarni qayta boşladi. Isroil Ğazo sektoridagi hamasçilar manzillariga zarba berdi», deyiladi Isroil Mudofaa vazirligi xabarida. 

Öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuv 24 noyabr kuni kuçga kirdi. Bunga Qatar, Misr va AQŞ vositaçiligida erişildi. Kelişuv Ğazo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berişni va 1/3 nisbatda garovdagilar va mahbuslarni almaştirişni nazarda tutar edi. 

Dastlabki kelişuv 4 kunlik otaşkesimdan iborat böldi, keyin kelişuv yana ikki kunga, söngra bir kunga uzaytirildi. 

Sulh boşlanganidan beri HAMAS garovga olingan 90 nafar isroillikni, Isroil esa 180 nafardan ortiq falastinlik mahbusni ozod etdi.