Kreml 2022 yil martida Ukrainaga uruşni töxtatişni taklif etgan – NATO a’zoligidan voz keçiş evaziga
|01:39 / 02.12.202327 71212 min
Bu haqda 2022 yil bahorida RF bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilgan David Araxamiya ma’lum qildi. Bu versiya Rossiya propagandasiga yoqib tuşdi.
Oliy Radadagi «Sluga naroda» fraksiyasi yetakçisi, Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilgan David Araxamiya 2022 yil bahorida Kreml Ukraina neytral maqomni qabul qilişi va NATOga a’zo böliş niyatidan voz keçişi evaziga harbiy harakatlarni töxtatişni taklif etgani haqida aytib berdi. Uning sözlariga köra, Kiyev bu kelişuvni Rossiya armiyasiga kuçlarini tiklaş va jangovar harakatlarni davom ettirişga imkon beruvçi hiyla deb hisoblab, uni imzolaşga rozi bölmagan. Araxamiya şuningdek, Buyuk Britaniyaning öşa vaqtdagi boş vaziri Boris Jonson Ukrainani muzokaralardan qaytargani va «şunçaki jang qiliş»ni taklif etganini qöşimça qilgan. Araxamiyaning bayonoti ikki tomonda ham qizğin muhokama qilinmoqda.
24 noyabr kuni «1+1» telekanali jurnalisti Natalya Moseyçukka bergan intervyusida David Araxamiya 2022 yil fevral-mart oylarida Belarus va Turkiyada bölib ötgan Rossiya-Ukraina muzokaralarida Moskva delegatsiyasi NATOga a’zo bölişdan voz keçiş evaziga Kiyevga tinçlik sulhi va’da qilgani gapirdi.
«Ular çindan ham biz neytralitet maqomini olişimiz uçun şunday kelişuvni imzolaşimizni oxirigaça kutişgandi. Bu ular uçun eng katta iş edi. Agar qaçonlardir Finlandiya qilgani kabi betaraflikni yoqlab çiqsak va NATOga qöşilmaslik haqida majburiyat olsak, ular uruşni tugatişga tayyor edi. Amalda muhim band şu edi. Qolganlari — „denatsifikatsiya“, rus tilli aholi va bla-bla-bla haqidagi kosmetik va siyosiy qöşimçalar bölgan», — deya Araxamiyaning sözlarini keltirgan «Ukrainskaya pravda».
Jurnalistning Ukraina nega kelişuv şartlariga rozi bölmagani töğrisidagi savoliga siyosatçi şunday javob qaytargan:
Birinçidan, bu punktga rozi böliş uçun Konstitutsiyani özgartiriş kerak bölardi. NATOga yöl Konstitutsiyada belgilab qöyilgan. Ikkinçidan, rossiyaliklar buni qilişiga işonç ham yöq edi. Buni faqat xavfsizlik kafolati mavjud bölganda amalga oşiriş mumkin edi. Biz ular ketişi, barça yengil tin olişi, keyin esa ular yaxşi tayyorlangan holda qaytib kelişi uçun nimanidir imzolay olmasdik — çunki ular bunday qarşilikka tayyor bölmagan holda kelişgandi. Şuning uçun biz faqat bu ikkinçi bor takrorlanmasligiga yuz foiz amin bölganimizda işlay olardik. Bunday işonç esa yöq edi.
Bundan taşqari, biz Istanbuldan qaytganimizda, Boris Jonson Kiyevga keldi va biz ular bilan umuman heç narsa imzolamasligimiz — va şunçaki jang qiliş kerakligini aytdi.
Mavzuga oid
Uning aniqlik kiritişiça, London va Ukrainaning boşqa ğarblik hamkorlari muzokaralarning borişidan xabardor bölib turişgan, kelişuvlar loyihalarini körişgan, ammo Kiyev uçun heç qanday qaror qabul qilmagan, faqat maslahat berişgan. «Ular amalda (rossiyaliklar bilan) vaqtinçalik xavfsizlik kafolatlariga kelişmaslikni maslahat berişdi, öşanda ularga vaqt berib bölmasdi», — degan Araxamiya.
Şuningdek, «Sluga naroda» fraksiyasi yetakçisi hozir ham Ukrainaning barça siyosiy va harbiy rahbarlari uruşni davom ettiriş tarafdori ekanini ta’kidlagan: «Nima uçun? Çunki biz hozir muzokaralar stoliga ötira olmaymiz. Muzokara pozitsiyamiz juda yomon. Hozir bizda nima bor? Qayerda bölsak, şu yerda şunçaki töxtatamizmi? Ukraina jamiyati buni qabul qiladi deb öylaysizmi?»
Araxamiyaning bayonoti haqida Rossiya va Ukrainada nimalar deyişmoqda?
2023 yil yozida Vladimir Putin uruş boşida Moskva va Kiyev örtasida göyoki tinçlik kelişuvi bölgani haqida gapirgandi. Şu tufayli Rossiya Ukrainaning markaziy qismidan qöşinlarni olib çiqqan, ammo, Putinning aytişiça, Kiyev hukumati «oldingi barça kelişuvlardan boş tortgan» va «buning barçasini tarix çiqindixonasiga uloqtirgan».
Afrika mamlakatlari yetakçilari bilan Sankt-Peterburgda ötkazilgan uçraşuvda esa RF prezidenti özi «Ukraina uçun doimiy betaraflik va xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi kelişuv» deb atagan hujjatning bir uçini körsatgandi. Rossiya naşrlari xabariga köra, kelişuvda 2022 yil 15 aprel sanasi körsatilgan. U 18 moddadan iborat bölib, Ukraina neytraliteti birinçi moddaning birinçi bandida qayd etilgan. Şartnoma şarhida neytral Ukraina armiyasi va harbiy texnikasi miqdori qança bölişi kerakligi körsatilgan.
Ukraina delegatsiyasi rahbari «1+1» telekanali uçun intervyuda Putin qandaydir sababga köra bu hujjatni heç qaçon töliq e’lon qilmaganini qayd etgan. «Nima deb öylaysiz, nima uçun? Agar qölida hujjat bölganida, u e’lon qilgan bölardi», — deydi deputat.
Şunga qaramay, rossiyalik şarhlovçilar Araxamiyaning intervyusini Putinning tinçlik kelişuvi haqidagi sözlari, şuningdek rus propagandasining Kiyev Jonson va boşqa ğarblik hamkorlari bosimi ostida muzokaralardan voz keçgani töğrisidagi nazariyalari tasdiği sifatida baholadi.
Margarita Simonyan propagandaçi, RT boş muharriri
Ukrainalik deputat tiyilib ötirmadi va töğrisini gapirdi. Ma’lum bölyaptiki, biz hamişa haq bölganmiz. Putin töğrisini gapirgan, yuz minglab qurbonlarning oldini oliş mumkin bölgan, Ukrainani hozirgidek nogironlar va emigrantlar mamlakatiga aylantirmaslikning imkoni bölgan ekan. Yelkasi singan mamlakatga aylantirmaslikning — ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy hayotda va asosiysi — millatning axloqiy ruhida.
Leonid Slutskiy LDPR yetakçisi, Kiyev bilan muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi iştirokçisi
Körinib turibdiki, neonatsist rejimi çekiniş yölini qidirmoqda. Muzokaralar yöliga qaytişga hali ham keç emas, Rossiya tomoni bunga tayyor ekani haqida bir neça bor ma’lum qildi. Ammo endi boşqa şartlarda — yangi hududiy realliklarni hisobga olgan holda.
Öşanda çindan ham tinçlik kelişuvi tayyorlangandi, uni tasdiqlaş va imzolaş qolgandi. Rossiya yaxşi niyat qadami sifatida qöşinlarni Kiyev va Çernihiv yönalişlaridan olib ketdi. Keyinçi? Kiyev rejimi va uning ğarb qöğirçoqlari bunga javoban — buni biz bugun yanada aniqroq tuşunyapmiz — Buçada provokatsiya uyuştirdi va Rossiyani jang maydonida mağlub etiş uçun jang qilişini e’lon qildi.
Marina Axmedova propagandaçi, Regnum boş muharriri, RF prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş a’zosi
Ukrainada qurolli kuçlar boş qömondoni Zalujniy öz maqolasida işlatganidan keyin «tupik» sözi taqiqlangan. Ammo bu bilan «tupik» «tupik» bölmay qolmaydi. «Çiqiş yöli yöq» — Ukraina ustida şunday yozilgan. Va ular yöq joydan «tupik»da ötiribdi. Va ularning hokimiyatda qolişga urinişlari uçun har kuni odamlar öladi. Jabrdiyda ukrain xalqi.
RFning Londondagi elçixonasi
Körinib turibdiki, Buyuk Britaniyaning ulkan hissasi bilan muzokaralar orqali yeçim topiş imkoni boy berildi, bu esa Ukraina davlatçiligi, iqtisodiyoti va aholisi uçun fojiali oqibatlarga olib keldi. Buyuk Britaniya hukumati Araxamiyaning sözlariga izoh berişni istamasmikin?
Ukrainada rasmiy şaxslar Araxamiyaning intervyusini töğridan töğri izohlamadi. Şu bilan birga, Ukraina tomonidan muzokaralar jarayoniga aloqador bölgan manbalar jurnalistlarga 2022 yil bahorida Rossiya bilan kelişuv imzolaş manfaatli bölmaganini aytişgan.
«Ğarbdagi hamkorlarimiz öziga kelib, qaror qabul qila boşlaguniça biz vaqtdan yutişimiz kerak edi, yakunda biz omon qolişga muvaffaq böldik. Şuning uçun biz rossiyaliklarni qandaydir detallar muhokamasiga jalb etişga urindik, ular bu detallarni doimiy ravişda Moskva bilan kelişişiga töğri kelardi», — degan muzokaralarga aloqador bölgan şaxslardan biri anonim tarzda LB.ua naşriga.
Britaniya boş vazirining Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralar mavzusiga aralaşuvi borasida naşr şunday yozadi: «Jonson rossiyalik diktatorga yon berişga qarşiligini heç qaçon yaşirmagan. U Putinning yagona istagi Ukrainani egallaş, uni yakson etiş va Yevropaning bir qismini okkupatsiya qilişga tayyorgarlik köriş deb hisoblagan. Umid qilamizki, bosqindan oldin Putin ğarbdan NATO kuçlarini 1997 yilgi çegaralarga qaytarişni, ya’ni Markaziy va Şarqiy Yevropa davlatlarining alyansga a’zoligini bekor qilişni talab etganini heç kim unutmagan».
«Strana.ua» naşri (Ukrainada uni rossiyaparast pozitsiyasi uçun tanqid qilişadi, Rossiyada u boşqa ukrain naşrlari kabi bloklangan) Araxamiyaning tinçlik kelişuvi imzolanmay qolişiga sabab sifatida keltirgan argumentlarini «noaniq» deb hisoblagan. Jurnalistlar Ukraina Konstitutsiyasiga özgartiriş kiritiş zaruratini «siyosiy iroda bölganida şunçaki hal qiliş mumkin bölgan texnik masala» deb baholagan. Işonçsizlik masalasiga esa Kiyev emas, birinçi navbatda Moskva duç kelgan, deb hisoblaydi naşr.
«Keyinroq Ukraina hukumati Buçadagi fojiani muzokaralarni rad etişning yana bir sababi sifatida keltirdi. Ammo, agar Zelenskiyning öşa vaqtdagi bayonotlarini eslasak, u fojiadan keyin ham RF bilan muzokaralarni baribir olib boriş darkorligini aytgandi. «Bunday har bir fojia, har bir Buça u yoki bu muzokaralarda qölingga uradi. Ammo bunday qadamlar uçun imkoniyat topişimiz kerak», — degandi Zelenskiy 2022 yil 5 aprelida. Va faqat şundan keyingina uning bayonotlari keskinlaşa bordi.
Şuning uçun, odatda, prezidentning 2022 yilda Putin bilan kelişuv tuzişdan boş tortişining asosiy sabablari qatorida u (ehtimol, ğarblik ittifoqçilarning argumentlari va va’dalari ta’sirida) Rossiya katta uruşga tayyor emas, Ukraina esa ğarb yordamida RF armiyasini töliq mağlub etişi va Moskvaga Rossiya qöşinlarini 1991 yilgi çegaralarga qaytariş, reparatsiya tölatiş va hokazolarni içiga oluvçi öz tinçlik şartlarini diktovka qilişi mumkinligi haqida xulosaga kelganini keltirişadi. Ya’ni, majoziy ma’noda aytganda, Zelenskiy qölidagi çittakdan köra osmondagi laylakni tanladi».
Ukraina prezidenti ofisining sobiq maslahatçisi Aleksey Arestoviç (2022 yil bahorida u amalda Ukraina hukumati spikeri edi, endi esa u muntazam ravişda Zelenskiy hamda uning ma’muriyatini tanqid qilmoqda) ukrainlar tinçlik kelişuvi barbod bölişida özini ayblaşi «aqlsizlik bölişi», şuning uçun «mamlakatda ğarbga qarşi kayfiyat keskin kuçayişi mumkinligi»ni aytgan.
Arestoviçning fikriça, ukrain hukumati harbiy muvaffaqiyatsizlik uçun javobgarlikni bir-biriga ağdarmoqda, ammo aslida buning uçun Ğarb aybdor.
«Zelenskiy, aftidan, javobgarlikni Jonson va Zalujniy örtasida taqsimlaşga qaror qilgan. Men buni — aldamçi dilemma deb hisoblayman. Haqiqiy javobgarlik bizga, Ukrainaga haqiqiy, katta uruş olib boriş uçun haqiqiy yordamni va’da qilgan va lekin bunday yordamni taqdim etmaganlarning zimmasida. Taşlab ketganlarning.
Biz öz uruşimizni yutdik. RFning haqiqiy armiyasini va bosqinçilik rejasini biz sindirdik, ğarbning minimal yordami bilan: birinçi Ramştayn — 26 aprelda, ilk jiddiy yetkazma — iyun oxirida böldi. Bizning bu uruşimiz Istanbul kelişuvlari bilan toj kiygan bölişi va bir neça yuz ming kişi omon qolişi mumkin edi. Keyin esa boşqa uruş boşlandi».
Britaniyaning sobiq boş vaziri Boris Jonson va rasmiy London David Araxamiyaning sözlariga hozirça munosabat bildirmadi.