24 noyabr kuni Isroil mudofaa armiyasi HAMAS harakati bilan Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni vaqtinça töxtatib turiş böyiça sulh tuzgandi. Kelişuv şartlariga köra hamasçilar tört kun içida 7 oktyabr kuni Isroilga reyd vaqtida qölgan olinganlardan 50 nafarini ozod etişi, Isroil hukumati esa har bir ozod etilgan isroillik uçun uç nafar falastinlikni qamoqxonalardan çiqarişi közda tutilgandi. Almaşuvda asosan ayollar, bolalar va ösmirlar iştirok etdi. Keyinroq kelişuv yana ikki kunga uzaytirildi. HAMAS garovdagilardan jami 70 nafar isroillikni qöyib yubordi, şuningdek, kelişuvdan taşqari yana bir qança mamlakatlar fuqarolari ozod etildi, bu vaqtda Isroil qamoqxonalarini 210 nafar falastinlik tark etdi. 1 dekabr kuni Isroil mudofaa armiyasi HAMASni kelişuvni buzgan holda yana Isroil hududini öqqa tutganini ma’lum qilib, harbiy harakatlar qaytadan boşlanganini ma’lum qildi. Quyida bir hafta davom etgan sulh vaqtida frontning ikki tomonida olingan fotosuratlar.
Garovdagi isroilliklar ozod etilişi

Isroil boş vaziri matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Eyal Warshavsky / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

AFP / Scanpix / LETA

AFP / Scanpix / LETA





































