Dubayda ötayotgan iqlim sammiti doirasida turli davlat vakillari öz takliflari bilan qatnaşib, iqlimni yaxşilaş uçun turli darajadagi majburiyatlarni olyapti.

2 dekabr kuni sözga çiqqan Ispaniya boş vaziri örinbosari Yolanda Dias dunyo davlatlari vakillari oldiga xalqaro iqlim sudini taşkil qiliş taklifi bilan çiqdi. U bunday sud sayyorani zaharlayotgan yirik kompaniyalar çiqarayotgan CO2ʼni nazorat etişi va mas’uliyatini orttirişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Çexiya boşqa davlatlar qatori kömirdan foydalanişdan voz keçib, kömir elektr stansiyalaridan bosqiçma-bosqiç foydalanmaslik majburiyatini oldi.

Şu bilan birga, 120 dan ortiq mamlakat odamlar salomatligini iqlim özgarişi ta’siridan himoya qiliş zarurligini tan olgan deklaratsiyani imzoladi.

Tadbirning eng muhim qismlaridan biri bu turli davlat va taşkilotlarning iqlim özgarişini yaxşilaş uçun turli loyiha va davlatlarga ajratadigan mablağlari e’lon qilinganida böldi.

Norvegiya Zarar va yöqotişlar fondiga 25 million dollar, AQŞ esa Yaşil iqlim jamğarmasiga 3 milliard dollar va’da qildi. Buyuk Britaniya 76 million dollar, Italiya, Fransiya va Germaniya 100 million dollar atrofidagi iqlim paketlarini e’lon qildi. Osiyo taraqqiyot banki, Global jamğarma, Rokfeller jamğarmasi iqlim va soğliqni saqlaş uçun jami 1 milliard dollar ajratadigan böldi.

Lotin Amerikasi va Karib havzasi Taraqqiyot banki (CAF) esa Lotin Amerikasiga iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş uçun 2030 yilgaça jami 15 milliard dollarlik, har yili 2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritişini e’lon qildi.

Eslatib ötamiz, COP28 prezidenti Sulton Al-Jobir sammit oçilişida dunyoda davlatlaridan iqlim özgarişi uçun 420 million dollar ajratişni söragandi.