Iqlim özgarişidan qiynalgan davlatlarga 420 million

Iqlim sammitining ilk kunini COP28 prezidenti Sulton Al-Jobir köpçilikka ma’qul keladigan taklif bilan boşladi. U iştirokçilardan iqlim özgarişi sabab aziyat çekayotgan mamlakatlar uçun 420 million dollar ajratişni söradi.

«Bu miqdor iqlim sammiti uçun misli körilmagan qadam va juda yaxşi boşlaniş böldi», – dedi u.

Şuningdek, Sulton Al-Jobir mamlakatlarni havoga taşlanadigan çiqindini jiddiy miqdorda qisqartiriş, qayta tiklanadigan energiya manbalarini 3 baravar va energiya samaradorligini 2 baravar oşiriş uçun birgalikda işlaşga va’da berişga da’vat qildi.

Biroq BMTning bu yilgi sammiti prezidenti sifatida Sulton Al-Jobir tanlangani ayrim davlat faollariga yoqmadi. Bunga sabab uning BAAdagi yirik neft kompaniyalardan biriga rahbarlik qilişi böldi. Ya’ni Sulton al-Jobir Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi raisi bölib, kompaniya 2021 yilda kuniga 2,7 million barrel neft işlab çiqargan. 2027 yilga borib bu körsatkiçni ikki baravar oşirişni rejalaştirgan. Agar iqlim özgarişining eng asosiy sababi neft ekani hisobga olinsa, tanqidlar örinli.

«Iqlim özgarişi markazida qazib olinayotgan yonilğilar turadi. Şuning uçun sanoatni içdan özgartiriş kerak. BAA tiklanadigan energiya kompaniyasi Masdarning boşqaruvçisi sifatida, COP28ʼdagi rahbarligim aniq sa’y-harakatlarni oldinga qöyişimizga sabab böladi», – degan gaplari bilan özini oqlagan böldi u.

Biroq AQŞ va Yevropa Ittifoqidan 130 dan ortiq huquqşunoslar Sulton al-Jobirning prezidentlikdan çetlaştirilişini söraşgan.

«Insoniyat Yer ustida qörqinçli tajriba ötkazyapti»

Britaniya qiroli Çarlz COP28 sammitida

Britaniya qiroli Çarlz dunyo hamon iqlim özgarişiga qarşi kuraşdan «dahşatli uzoqda» ekanini aytib, agar iqlim tezroq yaxşilanmasa, global iqtisodiyot xavf ostida qolişiga sabab bölişini ta’kidladi.

«Biz taşvişli darajaga yetib borayotganimizni körib turibmiz. Odamlar Yer sayyorasi ustida qörqinçli tajriba ötkazmoqda va tabiat dunyosini muvozanat me’yorlari va çegaralardan taşqariga olib çiqyapti