Dubayda bölib ötayotgan BMT iqlim özgarişi böyiça doiraviy konvensiyasi iştirokçilari konferensiyasining 28-sessiyasi (COP28) doirasida Özbekiston milliy paviloni faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
Pavilonga Ozarbayjon Respublikasi ekologiya va tabiat resurslari vaziri Muxtar Babayev, Qozoğiston Respublikasi ekologiya va tabiat resurslari vaziri Yerlan Nisanbayev va Qirğiziston Respublikasi tabiat resurslari, ekologiya va texnik nazorat vaziri Melis Turğunboyev taşrif buyurdi. Ularga Özbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.
Taşrif çoğida qardoş mamlakatlar ekologiya vazirlari Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan işlar, xususan, “Yaşil makon” loyihasi doirasida Orol dengizi tubini va hududlarni kökalamzorlaştiriş, qayta tiklanadigan energiya manbalari uluşini oşiriş, Parij kelişuvi majburiyatlarini bajariş, uglerod neytralligiga erişiş, iqlim özgarişiga moslaşiş, uning oqibatlari va xatarlarini yumşatiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

Şuningdek, yaşil kun tartibini ilgari suriş böyiça hamkor hisoblangan Global yaşil taraqqiyot instituti (GGGI) boş direktori F.Rijsberman va vazirlar örtasida uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda GGGI boş direktori qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş orqali mamlakatlarning yaşil iqtisodiyot tamoyillariga bosqiçma-bosqiç ötişlari uçun zarur yordam körsatişga tayyorligi va bundan manfaatdor ekanini bildirdi.
Öz navbatida, vazirlar Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston rahbarlarining Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uçun maxsus dasturi va boşqa nufuzli platformalar doirasidagi mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaş böyiça siyosiy irodasini alohida ta’kidladi. Bunda atrof-muhit muammolari va iqlim özgarişi xalqaro hamkorlikni şakllantirişda muhim rol öynaydi.
Bundan taşqari, mintaqa mamlakatlarida ekologiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaş uçun istiqbolli platforma bölgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişlarini örganiş universiteti (Central Asian Green University) oçilişi borasida ijobiy fikrlar bildirildi.










