Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» tomonidan Farğona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanişning oldini olişga qaratilgan reyd tadbirlari ötkazildi. 

Qayd qilinişiça, Uçköprik tumani, Boğiböston mahallasida faoliyat körsatuvçi korxona egasi özboşimçalik bilan elektr hisoblagiçga taşqi ta’sir körsatib, mayning qurilmalarini elektr tarmoğiga ulab, noqonuniy ravişda foydalanib kelgani aniqlandi. 

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga köra, korxona tomonidan tizimga 2,8 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazilgan. 

Qoidabuzar iste’molçiga nisbatan belgilangan tartibda çora köriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.