Oliy ta’lim vazirligiga köra, bunda köpçilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTM rahbarlarining murojaatlarini inobatga olingan.

Şu tariqa, davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan, 2023/2024-öquv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga tölov-kontrakt, jumladan, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar öqişi uçun tölov haqini ötkaziş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning sönggi muddati 2023 yilning 25 dekabri (şu kuni ham) etib belgilandi. 

Qayd etilişiça, amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.