COP28 sammitining 6-kunida sovitiş tizimlaridan çiqayotgan taşlamalar va neft-gaz kompaniyalarining global isişga ta’siri masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya davomida 60dan ortiq davlat 2050 yilgaça sovitiş tizimi sabab atmosferaga çiqadigan CO2ni 68 foizga kamaytirişga va’da berişdi.
Şu örinda aytiş kerakki, dunyo yildan yilga isib ketayotgani sabab sovitiş tizimlariga, masalan konditsioner, muzlatgiç kabilarga ehtiyoj ortib boraveradi. Bu haqda UNEP ma’lumoti ham e’lon qilindi. Unga köra, 2050 yilga borib, sovitişga ehtiyoj 3 barobarga oşadi va bu sabab böladigan atmosfera taşlamalari 4,4 milliard tonnadan 6,1 tonnagaça yetişi mumkin.
“Sovitiş tizimi oziq-ovqat sifati va xavfsizligi, vaksinalarni saqlaş va odamlarni issiqdan himoya qiliş uçun ösişi kerak. Lekin bu global isişni oşiriş hisobiga bölmasligi kerak", – dedi UNEP ijroçi direktori Inger Andersen sammitdagi nutqi davomida.
Şuningdek, konferensiyada Greenpeace taşkiloti global isiş sabab bölayotgan ölimlar haqida oxirgi örganişlarini e’lon qildi. Unga köra, Yevropaning 9ta eng yirik neft va gaz kompaniyalarining özi 360 ming ölimga sabab bölişi mumkin. Örganişlar Shell, TotalEnergies, BP, Equinor, Eni, Repsol, OMV, Orlen and Wintershall Dea kabi Yevropaning eng yirik 9ta neft va gaz kompaniyasi ustida olib borilgan.
Bu kompaniyalar birgalikda 2022 yilning özida 2,7 milliard tonna CO2 ajratgan va şu miqdor asr oxirigaça 360ming kişining ölimiga sabab böladi.
"Kompaniyalar qotillikdan qutilib qoladimi? Hukumatlar yoqilği bilan boğliq yangi loyihalarni taqiqlaşi, yoqilğidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş çorasini körib, kompaniyalarni şunga majburlaşi kerak", – deydi Greenpeace’s Fossil Free Revolution vakili Lisa Goldner.









