Toşkent viloyatida ham respublikaning boşqa viloyatlari singari «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bölgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir ötkazişga uringan bir neça şaxslar qölga olinmoqda.

Viloyat IIBB xabariga köra, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toşkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zolari qölga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi, 23 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

Tadbir davomida, uşbu va boşqa şaxslardan noqonuniy ravişda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, öq-dori va elektroşoker, turli hajm va körinişdagi piçoq, kastet va bitalar aniqlangan.

Giyohvandlikka qarşi kuraş yönalişida 50 dan ortiq holatlar foş etilib, 11 kg  giyohvandlik moddalari va 8703 dona psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yaşiringan 64 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlangan, 2 nafar bedarak yöqolgan fuqaro topilgan.

Hozirda maxsus reyd tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.