Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya bayrami munosabati bilan Özbekiston xalqiga bayram tabrigi e’lon qilindi.

“Qadrli vatandoşlar! Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Konstitutsiya milliy davlatçiligimiz, suverenitetimiz, şu kunga qadar erişgan barça yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etiş yölidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi”, – deyiladi tabrik avvalida.

Şavkat Mirziyoyev şu yil 30 aprelda tarixda birinçi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilinganini qayd etgan.

“Heç şubhasiz, tom ma’noda xalqçil qomus bölgan Asosiy qonunimiz Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan keng kölamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bölib xizmat qiladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Özbekistonning beş ustuni, ya’ni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qöyildi, uning mazmuni tubdan takomillaştirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi”, – deya qayd etgan prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, qisqa muddatda 30 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştirilgan.

“Keng kölamli va tizimli islohotlarimiz natijalari xalqaro maydonda ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, Özbekiston Korrupsiyaga murosasiz munosabat böyiça xalqaro indeksda 32 poğonaga, Matbuot erkinligi indeksida 28 poğonaga, Huquq ustuvorligi indeksida 13 poğonaga kötarildi”, – degan Şavkat Mirziyoyev.

Prezident oldinda turgan eng muhim ustuvor vazifalarni sanab ötgan.

“Birinçidan, Konstitutsiyamizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan. Ana şu qoidadan kelib çiqib, fuqarolarning davlat va jamiyat boşqaruvidagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan islohotlarimiz izçil davom ettiriladi.

Ikkinçidan,