Farğona viloyatida «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida 96 ta jinoyat aniqlandi va bir qator jinoyat olami vakillari uşlandi.
Viloyat IIB xabariga köra, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yaşiringan 50 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlandi. Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq şaxs bezorilik ustida qölga olindi.
Ötkazilgan tadbirlarda 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositasi, 414 dona psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi modda, 42 ta qurol-yaroğlar, 221 ta öq-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aşyoviy dalil tariqasida olindi.
Toşloq tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro öz xonadonida 8 dona jangovar ov quroli öq dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar öq-dorilar qonunga xilof ravişda saqlab kelingani aniqlandi.
9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan ötkazilgan tadbirlarda muqaddam Jinoyat kodeksining 164-, 165-, 166- hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marğilon şahrida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan, «tezkor vaziyatga salbiy tasir körsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor» B.Hamidov ham uşlandi. U şaxsga oğir tan jarohati yetkazib, yaşirinib yurgan.













