“Vaqt jihatdan 100 yil ötdi, lekin muammolar, ğoyalarimiz hamon jadidlarnikiga juda öxşaş”, deydi tarixçi Bahrom Irzayev. Professor Saidakbar A’zamxöjayev jadidlar avvalo ta’limga asosiy urğu bergani, bu esa hozir ham eng muhim muammolarimizdan biri ekanini ta’kidladi.
11 dekabr kuni Toşkentda jadidlar hayoti va faoliyatiga bağişlangan anjuman öz işini boşladi. Kun.uz muxbiri tadbir doirasida tarixçi Bahrom Irzayev va Özbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Saidakbar A’zamxöjayevga jadidçilik ğoyalarining qayta örganilişiga ehtiyoj va Turkiston muxtoriyatining zavoli haqida söradi.
— Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatining özbek jadidlariga nisbatan e’tibori qanday bölyapti va sizningça, nega jadidlarning ğoyalari qayta örganilyapti?
Bahrom Irzayev:

— Qaysidir ma’noda dunyo öziga ma’no qidirayotgandir. Balki 100 yil oldingi masalalarga öxşaş voqealar hozir ham yuz berayotgandir. Haqiqatan ham bugun biz jadidlarning ğoya masalasidagi fikriga köproq duç kelyapmiz. Masalan, ularning şe’ri, dramasi yoki asarlari bugungi hayotimizga yaqin. Xuddi şu yaqinlik boşqa davlatlarda ham bor. Ya’ni insoniyat juda uzoqqa ketgani yöq. Vaqt böyiça 100 yil ötdi, lekin sifat, muammolar böyiça, bitta biz emas, butun dunyo juda uzoqqa ketgani yöq.
Saidakbar A’zamxöjayev:

— Bugun xorijdan, Amerika, Germaniya va bizning qöşni respublikalardan aynan şu jadidçilik masalasida 100-105 yil oldingi voqealar haqida kitob yozgan mutaxassislar kelgan. Jadidçilik faqat Turkiston emas, keng miqyosda bölgan va bizning jadidlarimiz 20-asr boşlarida ta’lim tizimida yangiliklar kiritişga e’tibor qaratişdi. Bugun ham ta’lim eng muhim masala bölib turibdi.
— 72 kun yaşagan Turkiston muxtoriyatining umrini uzaytiriş uçun bizda imkoniyat bor edimi va uning yakuniga sabab bölgan omillar nima?
Saidakbar A’zamxöjayev:
— 1917 yil 26-27-28 noyabr kunlari Qöqonda ölka musulmonlarining favqulodda qurultoyi e’lon qilindi. Undan oldin, 14 noyabr kuni Toşkentda sovetlar özining s’yezdini ötkazgandi. Va unda hokimiyat uçun musulmon aholisidan vakil kiritişga hali erta ekani va ular bunga tayyor emas degan fikr aytilgandi.








