12-13 dekabr kunlari Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatrida “Jadidlar" musiqali drama spektakli premerasi bölib ötdi. Premera bilan Kun.uz reportajida tanişişingiz mumkin.

12-13 dekabr kunlari Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatrida “Jadidlar” musiqali drama spektakli premerasi ötkazildi. Spektaklda 7 nafar jadid – Munavvar Qori Abduraşidxonov, Çölpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Işoqxon Ibrat va Hamza Hakimzoda Niyoziyning faoliyatidan parçalar namoyiş qilindi. 7 jadidning faoliyatiga oid voqealar 1,5 soatdan uzoqroq davom etadigan sahna asariga siğdirişga harakat qilingan.

Sahna asari ssenariysini Töra Mirzo yozgan. Spektaklga Doston Xaqberdiyev rejissyorlik qilgan. U bu ğoyani 1 yildan beri öylab yurgani, bitta spektaklda 7 jadidni qamrab oliş oson bölmaganini aytadi. “Teatrimizning adabiy emakdoşi Töra Mirzo bilan birgalikda haqiqiy tarixiy dalillar asosida bu asarni sahnalaştirdik. Asarni tomoşabinlar qanday qabul qiladi deb qörqqandim. Meni quvontirgani 2 kun davomida bu asarni qiziqiş bilan qarşi olişdi. Ular jadidlar yaşagan suronli davrga sayohat qildi”, – dedi u.

“Jadidlar” spektaklida jadidlarni otuvga hukm qilgan sud raisi rolini Özbekistonda xizmat körsatgan artist Turğun Beknazarov ijro qildi. “Men sud raisini öynadim. Öşa paytda jadidlarni ottirgan yomon qahramonni ijro qildim. Özimning xarakterimga teskari rol ijro etdim. Bunaqa rolni ham kimdir öynaşi kerak. Çunki xalqimiz kimningdir yaxşi fazilatlarini olsa, kimnidir yomon körib, illatlarni olmaslikka harakat qiladi”, – dedi Beknazarov.