Rossiya Harbiy-dengiz flotiga ikkita yangi atom suv osti kemasi - «Krasnoyarsk» va «Imperator Aleksandr III» qabul qilindi.
Severodvinsk şahri, «Sevmaş» zavodidagi tantanali tadbirda mamlakat prezidenti Vladimir Putin iştirok etdi. Suvosti kemalarida Avliyo Andrey bayroği kötarildi.
«Imperator Aleksandr III» Borey sinfidagi strategik raketa taşuvçilar turkumidagi yettinçi kema, «Krasnoyarsk» kreyseri esa Yasen toifasidagi köp maqsadli yadro suvosti kemalari turkumidagi törtinçi kema. «Yuriy Dolgorukiy», «Aleksandr Nevskiy», «Vladimir Monomax», «Knyaz Vladimir», «Knyaz Oleg» va «Generalissimus Suvorov» yadroviy kreyserlari va şu kundan boşlab «Imperator Aleksandr III» mamlakat xavfsizligini işonçli himoya qiladi. Ularning har biri «Bulava» qit’alararo ballistik raketalari bilan qurollangan", dedi Putin tabrik sözida.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, «Krasnoyarsk» atom suvosti kemasi Yasen-M loyihasining köp maqsadli yadro suvosti kemalari lineykasida ikkinçi örinda turadi. U suvosti kemalarining törtinçi avlodiga tegişli.
Uşbu suv osti kemalari «Oniks» va/yoki «Kalibr» qanotli raketalari bilan qurollanişi mumkin. Şuningdek, ularni «Tsirkon» gipertovuşli raketalari bilan qurollantiriş rejalari haqida xabar berilgan edi.
«Imperator Aleksandr III» atom suvosti kemasi «Borey-A» loyihasining uçinçi kemasi bölib, törtinçi avlodga tegişli. Zamonaviy raketa va torpedo qurollari, navigatsiya, radiotexnika va gidroakustik qurollar bilan jihozlangan. U yuqori manyovr xususiyatlariga va akustik yaşirinlikka ega.
«Bulava» qit’alararo ballistik raketalari bilan qurollangan «Borey» va «Borey-A» loyihalaridagi törtinçi avlod yadro suvosti kemalari yaqin ön yilliklarda Rossiya dengiz strategik yadroviy kuçlarining asosiga aylanişi kutilmoqda.













