AQŞ Harbiy havo kuçlari departamentining ma’lum qilişiça, Milliy gvardiya razvedka qanotining 15 nafar a’zosi Pentagon maxfiy hujjatlarining ommaviy ravişda sizib çiqişi sababli intizomiy jazoga tortilgan. 

Tergovda aniqlanişiça, ma’lumotlar Jyek Teyşeyraning ehtimoliy harakatlaridan keyin sizib çiqqan bölib, unga iyun oyida maxfiy ma’lumotlarni saqlaş va tarqatiş böyiça 6 ta ayblov e’lon qilingan. 

Şuningdek, tergovda Teyşeyra xizmat qilgan qismda ma’lumotlar sizib çiqişining oldini oliş uçun zarur çoralar körilmagani aniqlangan. Xususan, Teyşeyraning hamkasblari uning maxfiy ma’lumotlarni qidirayotganini bilgan, biroq bu ma’lumotlarni oşkor qilayotganini bilmagan. 

Bundan taşqari, qömondonlarning öziga işonib topşirilgan işni nazorat qilmasligi, xavfsizlik hodisalari töğrisida izçil xabar bermasligi, şuningdek, maxfiy ma’lumotlarga ega bölmasligi kerak bölgan şaxslarga ruxsat berilgani va samarasiz intizomiy çoralar körilişi ma’lumotlarning sizib çiqişiga bilvosita sabab bölgan. 

Intizomiy jazoga tortilgan 15 askar orasida 102-razvedka qanoti qömondoni polkovnik Şon Rayli ham bor, u tergovdan söng lavozimdan çetlatilgan. 

Amerika harbiylari va razvedkasiga tegişli, jumladan Ukrainadagi uruş bilan boğliq maxfiy hujjatlarning sizib çiqişi haqida 2023 yil bahorida ma’lum böldi. 13 aprel kuni bu iş böyiça Discord yopiq serverida maxfiy hujjatlarni çop etgan Jyek Teyşeyra qölga olindi. Uşbu sizib çiqiş sönggi yillardagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Teyşeyra 15 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.