Moskva şahri sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) sobiq ofitseri Igor Strelkovni (Girkin) «ekstremizmga da’vat» qilganlikda ayblab, tört yilga ozodlikdan mahrum qildi. 

Şuningdek, Strelkovga veb-saytlarni boşqariş 3 yilga taqiqlandi. 

Ayblov tomoni Strelkovni 4 yil 11 oyga ozodlikdan mahrum qilişni söragan edi. Unga qöyilgan modda böyiça eng yuqori jazo 5 yil qamoqdir. 

Strelkovga qarşi jinoiy iş 2023 yil iyul oyida qözğatildi. Bunga telegram kanalida anneksiya qilingan Qrimni Ukrainaga topşirilişi mumkinligi va anneksiya qilingan DXR harbiy xizmatçilariga tölovlar töğrisidagi ikkita post sabab böldi. 

Igor Strelkov 2014 yilda Donbassdagi qurolli mojaroning eng maşhur iştirokçilaridan biri. U özini Ukrainadagi «uruş tepkisini» bosgan odam deb hisoblaydi. 2022 yilda Niderlandiya sudi Strelkovni 2014 yil iyulida Donetsk viloyatida Malaysia Airlines samolyoti halokatida aybdor deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi. 

Strelkov Ukrainaga keng kölamli bosqinni qöllab-quvvatlagan, lekin şu bilan birga u Rossiya armiyasi va prezident Vladimir Putinni yetarliça faol harakat qilmagani uçun tanqid ostiga olib kelmoqda.