Ma’lum bölişiça, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Marğilon şahar A.Yassaviy-Tinçlik köçalari kesişgan çorrahasi avtomobil yölida fuqaro M.Yu “Tahoe-2» avtomaşinasi bilan öziga nisbatan qarama-qarşi yönalişga ötib, uşbu yönalişda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boşqaruvidagi “Tico” avtomaşinaga urilib, YTH sodir qilgan.
Natijada “Tico” haydovçisi S.T. tan jarohati olib, davolaniş uçun şifoxonaga murojaat qilgan. Marğilon şahar tibbiyot birlaşmasi şifokorining bergan ma’lumotnomasiga köra, S.T. da oğir tan jarohati – boş miya çayqalişi, boş miya travmasi, çap oyoq sinişi va boşqa jarohatlari borligi aniqlangan. Tico yölovçisi A.Q.da esa çap boldir suyagi yopiq singan.
Farğona viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Marğilon şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.














