Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev vatandoşlarini 16 dekabrda nişonlanadigan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
«Mustaqillik kuni Qozoğistonning yangi tarixiy şaroitlarda erkinligi va mustaqil taraqqiyotini ifodalaydi. Uşbu muhim kunda biz ajdodlarimizning suveren davlat haqidagi orzusini röyobga çiqarişda beqiyos rol öynagan xalq qahramonlariga hurmat bajo keltiramiz. Mustaqillik yurtimiz oldida yangi ufqlar oçdi. Aynan mustaqillik e’lon qilingandan söng Qozoğistonni xalqaro huquqning tölaqonli sub’yektiga aylantirib, diplomatik tan oliş jarayoni boşlandi. Mustaqillik hamma narsadan ustun! Ötmiş va kelajak avlodlar oldidagi burçimiz – xalq farovonligi zamirida yotgan eng uluğ qadriyat sifatida muqaddas mustaqillikni asrab-avaylaş va bor kuçimiz bilan himoya qilişdir», deyiladi tabrik sözida.
Respublika mustaqilligi kuni munosabati bilan Qozoğiston prezidenti nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari va telegrammalar keldi.
«Ötgan davr mobaynida döst Qozoğiston Respublikasi turli sohalarda ulkan özgarişlar va tub islohotlarni boşidan keçirganini, mamlakatning xalqaro maydondagi hurmati va nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlamoqçiman», deyiladi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tabrigida.
1991 yil 16 dekabrda Qozoğiston Oliy Kengaşi sessiyasi majlisida «Qozoğiston Respublikasining davlat mustaqilligi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Şu kuni qonunni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev imzoladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan mamlakat böylab turli bayram tadbirlar taşkil etildi.












