17 dekabr, yakşanba kuni taşabbus guruhi Rossiya prezidenti saylovida jurnalist Yekaterina Dunsovaning nomzodini qöllab-quvvatladi. Moskva texnopolisining kongress markazida bölib ötgan yiğilişda 700 dan ortiq kişi qatnaşdi. Unda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) vakili ham iştirok etdi. 

Taşabbus guruhi yiğilişiga ikki nafar politsiyaçi keldi, deb xabar berdi «7×7 – Gorizontalnaya Rossiya» Telegram-kanali. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ta’kidlaşiça, ularga Dunsova taşabbuskor guruhi yiğilişiga heç qanday aloqasi bölmagan qönğiroq kelib tuşgan. 

Endilikda taşabbuskor guruh Markaziy saylov komissiyasida röyxatga olinişi kerak. Şundan söng, 25 yanvargaça Dunsova öz nomzodini körsatiş uçun Rossiya viloyatlari aholisidan kamida 300 ming imzo töplaşi kerak, ularning haqiqiyligi ham tekşiriladi. 

Yekaterina Dunsova - jurnalist va köngilli qidiruv-qutqaruv guruhining koordinatori, Rjyev şahar kengaşi deputati bölib işlagan. U 16 noyabr kuni prezidentlikka nomzodini qöyiş niyatini ma’lum qildi va bu qarorini «sönggi ön yil davomida mamlakat notöğri yönalişda: taraqqiyot yölida emas, balki öz-özini yöq qiliş yölida ketayotgani» bilan izohladi. Dunsova uruşni töxtatiş, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etiş tarafdori. 

Dekabr oyi boşida Dunsova VTB bank tarafdorlariga moliyaviy yordam sörab murojaat qilganidan keyin uning nomiga pul ötkazmalarini bloklab qöyganini ma’lum qildi.