Voqea keça, 18 dekabr soat 12:00 larda Angren şahri hududida sodir bölgan. Şu kuni xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan haydovçi 1988 yilda tuğilgan S.X. boşqaruvidagi Nexia-2 avtomaşinasi qoida buzgani uçun töxtatilgan.

Inspektor tomonidan haydovçiga tuşuntiriş berilib, tegişli hujjatlarni taqdim etişi söralganida, haydovçi hujjat berişdan boş tortib, voqea joyidan ketib qolgan. Şundan söng şahar dehqon bozori hududida ikkinçi marta töxtatilgan fuqaro ogohlantirilib, qonuniy talabga böysunişi söralganida, u YPX inspektorini turli sözlar bilan haqoratlab, qarşilik körsatişda davom etgan.

Natijada inspektor “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonunga asosan, elektroşoker qöllagan. 

Hozirda voqea iştirokçilarining harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida qöşimça örganiş işlari ötkazilmoqda.