ICAN–2023 tadbiri doirasida Özbekiston hamda Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida havo qatnovlari hajmini oşiriş böyiça samarali kelişuvga erişildi.
Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari örtasida ötkazilgan muzokaralarda parvozlar geografiyasi hamda çastotasini bir neça barobarga oşiriş böyiça kelişuv imzolandi.
Uşbu kelişuvga köra, Toşkent va Samarqand aeroportlari bilan bir qatorda, viloyatlardagi barça xalqaro aeroportlardan BAAning Dubay, Abu-Dabi, Şarja, şuningdek, Ras al-Hayma va Fujayra şaharlariga ham parvozlar amalga oşiriladi.
Erişilgan kelişuvga köra, har ikki davlatlarning tayinlangan aviakompaniyalari:
Toşkent – Abu-Dabi, Samarqand – Abu-Dabi, Urganç – Abu-Dabi, Buxoro – Abu-Dabi, Namangan – Abu-Dabi, Farğona – Abu-Dabi, Qarşi – Abu-Dabi, Termiz – Abu-Dabi, Nukus – Abu-Dabi yönalişida haftasiga jami 41 ta çastotada;
Toşkent – Dubay, Samarqand – Dubay, Namangan – Dubay, Buxoro – Dubay, Navoiy – Dubay, Farğona – Dubay, Nukus – Dubay yönalişida haftasiga jami 35 ta çastotada;
Toşkent – Şarja, Namangan – Şarja, Samarqand – Şarja, Farğona – Şarja, Qarşi – Şarja, Termiz – Şarja yönalişida haftasiga jami 23 ta çastotada;
Toşkent – Ras al-Hayma, Samarqand – Ras al-Hayma yönalişlarida haftasiga jami 6 ta çastotada;
Toşkent – Fujayra yönalişida esa haftasiga 3 ta çastotada parvozlarni amalga oşirişi mumkin böladi.













