Soliq qömitasining QQS ma’muriyatçiligi boşqarmasi QQS tölovçilarini maxsus röyxatdan ötkaziş bölimi boşliği va qömitaning Soliq tölovçilarga xizmat körsatiş departamenti direktori örinbosari, şuningdek, Toşkent şahar Soliq boşqarmasi kameral soliq tekşiruvlar şu’basi boşliği ustidan jinoyat işi oçilgan.
Kun.uz manbasiga köra, ular jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Manbaning bildirişiça, soliq idoralari mansabdorlari özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş hamda mansab soxtakorligida gumonlanmoqda.
- Avvalroq sönggi bir oyda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlari doirasida önga yaqin mansabdor qölga olingani ma’lum bölgandi.
- Xususan, sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov talon-toroj va vakolatini suiiste’mol qilişda, Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev budjet mablağlarini özlaştirganlikda, Namangan viloyati hokimi örinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotiş bilan boğliq jinoyat işda gumonlanib qölga olingan.












