Beeline Uzbekistan Astrum IT Academy’da “Kiberxavfsizlik böyiça mutaxassis” kursida 50 nafar talabani öqitişga homiylik qildi. 20-dekabr kuni kompaniyaning boş ofisida mutaxassislarga Kiberxavfsizlik Ilmiy assotsiatsiyasi (SCSA)dan sertifikatlar bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston telekommunikatsiya sohasining yirik xorijiy investorlari va soliq tölovçilaridan biri bölgan Beeline Uzbekistan “Kiberxavfsizlik böyiça mutaxassis” kursi böyiça malaka oşiriş uçun 1,2 milliard sömlik 50 ta grant ajratdi. Bu qadam digital-operatorning IT sohasida kadrlarni rivojlantiriş va Özbekistonda raqamli xavfsizlikni tarğib qiliş böyiça strategik taşabbusiga urğu beradi.

Özbekistonning turli hududlaridan kelgan iqtidorli talabalar 2 oylik kursni tamomladi, unda kiberxavfsizlikning dolzarb mavzulari, jumladan, axborot resurslarini himoya qiliş, taşqi hujumlarga qarşi kuraşiş usullari va Python’da dasturlaş kabi mavzular örganildi.
“Kurs qiziqarli va yangi bilimlarga boy böldi, lekin men uçun Kali Linux bilan işlaş haqiqiy çaqiruvga aylandi. Kasbim böyiça men yuristman, lekin kiberxavfsizlik hozirda hatto huquqşunoslik sohasida ham muhim. Men tanlovdan muvaffaqiyatli ötdim va öz kasbim böyiça kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarni joriy etişda davom etişimga işonçim komil”, — deya ulaşadi farğonalik Naziraxon Ibrohimova.

Nafaqat Özbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinçi va yirik IT akademiyasi – Astrum IT Academy tomonidan taşkil etilgan ta’lim jarayoni «Kiberxavfsizlik böyiça ilmiy assotsiatsiya» (SCSA) va Özbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda onlayn rejimda ötkazildi va barça bitiruvçilarga xalqaro sertifikatlar topşirilişi bilan yakunlandi. Öqiş natijalariga köra beş nafar eng yuqori natijalarga erişgan talaba keyinçalik Beeline Uzbekistan’da amaliyot ötaş uçun ham körib çiqiladi.
«Ajoyib kurs! 2 oy içida şunça materialni siğdirib bölmaydi deb öylagandim! Kiberxavfsizlik böyiça tajribaga ega bölganimga qaramay, men köp narsalarni örgandim. Men uçun eng qiziqarlisi Sergey Simonovning darslari böldi, axloqiy xakerlik kursi esa menga eng qiyini bölib tuyuldi. Işonçim komilki, men kelajakda IT va kiberxavfsizlik sohasida rivojlanaman»,












