Özbekiston turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev Xitoyga taşrifi davomida Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti Ji Jimbao bilan uçraşuv ötkazdi.
Turizm qömitasi ma’lumotiga köra, unda Özbekistonda turizm sohasi uçun kadrlar tayyorlaş loyihalari hamda qöşma ilmiy-izlanişlar amalga oşiriş muhokama qilindi.
Tomonlar talaba va öqituvçilar uçun almaşinuv dasturlari sonini oşiriş, şuningdek, «yaşil» va kreativ iqtisodiyot böyiça ilmiy izlanişlar, Xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlaş töğrisida kelişib oldi.
Muloqot yakunida barça belgilangan yönalişlarni qamrab oluvçi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti 1964 yilda taşkil etilgan bölib, Xitoyda turizm sohasida ilmiy va amaliy izlanişlar böyiça top-3 muassasadan biri hisoblanadi.









