Fransiyada parlament yangi immigratsiya qonunini qabul qildi, deb yozdi The Guardian. Qonun çet el fuqarolari uçun mamlakatni oçiq qoldirsa-da, ba’zi çeklovlarni keskinlaştiradi. 

Qonunda, jumladan, quyidagi qoidalar mavjud:

- Yaşaş uçun ruxsatnoma olgan, lekin Fransiyada beş yil yaşamagan şaxs naqd pul yordami va uy-joy xarajatlariga yordam oliş huquqidan mahrum etiladi;

- Işlamaydigan çet elliklar uçun naqd pul yordami bekor qilinadi;

- Davlat tibbiy suğurtasini oliş va çet elliklar uçun Fransiya oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş tartibi murakkablaşadi;

- Immigratsiya kvotalari joriy etiladi;

- Immigrantlarning farzandlariga tuğilişi bilan Fransiya fuqaroligi berilmaydi. Bunday bolalar 16 yoşida sörov böyiça Fransiya fuqaroligini olişi mumkin.

- Işçi kuçi yetişmaydigan sektorlarda hujjatsiz işçilar qonuniylaştiriladi. 

Yangi qonun parlamentda turliça kutib olindi. Jumladan, öta öng partiyalar uni ultra öng «Milliy birlik» fraksiyasi rahbari Marin Le Pendan «ilhomlangan» deb atamoqda. Uning özi qonunning qabul qilinişini özining «mafkuraviy ğalabasi» deb atadi. 

Uşbu taşabbusni qabul qiliş böyiça prezident Makronning markazçi guruhi içida, jumladan «Uyğoniş» partiyasining özida ham kelişmovçiliklar böldi. Söl kuçlarga mansub koalitsiya vakillari bu qonunga qarşi ovoz berdi.