20 dekabr, çorşanba kuni rjyevlik jurnalist Yekaterina Dunsova Markaziy saylov komissiyasiga Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida nomzodini qöllab-quvvatlagan taşabbus guruhini röyxatga oliş uçun hujjatlarni topşirdi. Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar töplamini 5 kun içida körib çiqişi va tegişli qaror qabul qilişi şart. 

Röyxatdan ötişni rad etiş uçun heç qanday asos yöq, dedi Dunsova. Agar ariza ma’qullansa, u 2024 yil 25 yanvargaça Rossiya viloyatlari aholisidan öz nomzodini körsatiş uçun kamida 300 ming imzo töplaşi kerak. Imzolar haqiqiyligi tekşiriladi. 

Krasnoyarsklik Yekaterina Dunsova - jurnalist va köngilli qidiruv-qutqaruv guruhining koordinatori, Rjyev şahar dumasi deputati bölib işlagan. U 16 noyabr kuni prezidentlikka nomzodini qöyiş niyatini ma’lum qildi va bu qarorini «sönggi ön yil davomida mamlakat notöğri yönalişda: taraqqiyot yölida emas, balki öz-özini yöq qiliş yölida ketayotgani» bilan izohladi. Dunsova uruşni töxtatiş, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etiş tarafdori. 

Uç kunlik prezidentlik saylovlari

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bölib ötadi. Hozirgi davlat rahbari Vladimir Putin ham nomzod sifatida qatnaşmoqda. 

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi öz rahbari Leonid Slutskiyni oliy lavozimga nomzod qilib körsatdi, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi esa kommunistlar orasidan prezidentlikka Nikolay Xaritonov nomzodini qöllab-quvvatladi. Bundan taşqari, Davlat dumasining sobiq deputati Boris Nadejdin va Donetskdagi rossiyaparast ayirmaçilarning sobiq harbiy rahbari Igor Strelkov (Girkin) saylovlarda qatnaşiş niyatini ma’lum qilgan.