KIUT Toşkent xalqaro universiteti (Toşkent şahridagi sobiq Yodju texnika instituti) rektori Janpolat Şamuratoviç Kudaybergenov 46 yoşida vafot etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bergan.

«Özbekiston ilm-fan jamoatçiligi oğir judolikka uçradi. Toşkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Kudaybergenov Janpolat Şamuratoviç 2023 yil 21 dekabr kuni 45 yoşida vafot etdi.

Janpolat Şamuratoviç mehribon ustoz va jonkuyar rahbar, yangiliklarga intiluvçan inson sifatida katta bir jamoani boşqardi. Uning rahbarligida minglab talabalar bilim oldi, şogirdlar yetişib çiqdi, ilmiy izlanişlar olib borildi. Professor Kudaybergenov Janpolat Şamuratoviçning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qöşgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, Janpolat Şamuratoviçning öz işiga vijdonan yondaşişi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirişda davom etadi. 

Mehribon ustoz, kamtarin inson Janpolat Şamuratoviçning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi», deyiladi ta’ziyanomada.

Janpulat Kudaybergenov 1978 yil 10 martda Nukus şahrida tuğilgan. 2000 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini, 2001 yilda «Umid» prezident jamğarmasi orqali Birminghem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan.

2010–2014 yillarda Toşkent moliya instituti «Hisob va audit» fakulteti dekani lavozimida işlagan. 2014–2017 yillarda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligida faoliyat olib borgan.

2018 yildan Yodju texnika institutining öquv işlari böyiça prorektori bölgan. 2019 yildan Özbekistondagi birinçi xususiy oliy öquv yurti rektori lavozimida işlab kelayotgandi. 

U sönggi vaqtlarda salomatligini tiklaş uçun davolanayotgan bölgan.