Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Piskent tumanidagi parrandaçilik fermasida yonğin çiqqani videosi tarqaldi. FVV matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
«Bugun, 21 dekabr kuni soat 15:20 da Toşkent viloyati Piskent tumani «Kultepa» MFYda joylaşgan parrandaçilik fermalarining birida yonğin sodir bölayotgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, 5 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yonğinni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Vaziyat töliq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
UPD: Parrandaçilik fermasida sodir bölgan yonğin soat 16:13 da örab olingan va soat 17:03 da bartaraf etildi.
Yonğin natijasida fermaning taxminan 140 kv.m maydonda tom va içki qismlari yonib zararlangan.
Yonğin oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.
Yonğinni bartaraf etişga 9 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.












