2024 yildan Qirğiziston va Özbekiston birgalikda 12 rusumdagi avtomobil işlab çiqaradi. Bu haqda Qirğiziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi.
«Ayni paytda «Oltin-Tulpor» avtomobil yiğiş zavodi işga tuşirişga tayyorlanmoqda. Bu «Özavtosanoat» bilan qöşma loyihadir. Öylaymanki, u kelgusi yilda işga tuşiriladi. Quriliş va sozlaş işlari yakunlanmoqda», dedi u.
Vazirning ta’kidlaşiça, loyiha Özbekiston-Qirğiziston taraqqiyot jamğarmasi tomonidan moliyalaştiriladi.
Qirğizistonda avtomobillar va savdo uskunalari işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuv yanvar oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga taşrifi çoğida imzolangan edi. Loyihaga köra, u uç bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlabki uç yilda 10 mingta şaxsiy va tijorat avtomobillari işlab çiqariladi, 500 kişi iş bilan ta’minlanadi.
Ikkinçi bosqiçda avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqariş yölga qöyiladi, 20 mingtagaça avtomobil va savdo uskunalari işlab çiqariladi. Iş örinlari soni 1000 taga yetadi.
Keyinçalik işlab çiqariş hajmi 30 mingta avtomobil va savdo texnikasi, muassasada işlaydigan xodimlar soni esa 2000 kişiga yetkaziladi.

















