
Asaxiy Books kitob loyihasi Özbekistonda “Yil bessellerlari” reytingini taqdim etdi. Undan Asaxiy.uz internet-dökoni orqali yil davomida Özbekistonda böylab eng köp sotilgan 20 ta kitob örin olgan.
Reytingda 1-örinni yomon odatlarni yöqotiş, yaxşilarini şakllantiriş haqida sözlovçi xalqaro besseller – “Atom odatlar” egallagan.
2-örinni moliyaviy savodxonlikka qaratilgan “Latte omili” kitobi band etgan. Kuçli uçlikka “Molxona” asari yakun yasagan.
Yuqori beşlikka kirgan kitoblardan törttasi yoki umumiy reytingga kirgan kitoblarning uçdan bir qismi şaxsiy rivojlaniş yönalişidagi asarlar ekani e’tiborga molik. 20 ta kitobning 14 tasi nobadiiy, 6 tasi badiiy asarlar bölib, badiiy kitoblardan faqat bittasi (hajm jihatdan reytingdagi eng kiçigi bölmiş “Molxona”) TOP-10 talikdan joy olgan.
Ortda qolayotgan yilda özbekistonliklar ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi kitoblardan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari”, “1984” va “Katta öyin. Ikki imperiya töqnaşuvi” kabilarni köproq xarid qilgan.
Röyxatdagi asarlarning aksariyati özbek tiliga sönggi bir neça yil içida tarjima qilingan.
Asaxiy.uz saytining 2023 yil bessellerlari:
- Jyeyms Klir. “Atom odatlar”
- Devid Bax, Jon Devid Mann. “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari”
- Jorj Oruyell. “Molxona”
- Malkolm Gladuell. “Zukkolar va landavurlar”
- Kel Nyuport. Diqqat. “Çalğituvçi dunyoda muvaffaqiyat sirlari”
- Piter Hopkirk. “Katta öyin. Ikki imperiya töqnaşuvi”
- Çarlz Uilan. “Yalanğoç iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi”
- Daron Ajyemöğli, Jyeyms A. Robinson. “Mamlakatlar tanazzuli sabablari. Qudrat, farovonlik va kambağallik manbalari”
- Jorj Oruyell. “1984”
- Jon G. Miller. “SOS! Savol ortidagi savol”
- Uolter Ayzekson. “Stiv Jobs”
- Mark Menson. “Beparvolikning nozik san’ati”













