“Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.
Manzil-koloniyalarida jazo muddatlarini ötayotgan 9603 nafar (9169 nafar erkaklar, 434 nafar ayollar) mahkumlar tomonidan 2023 yilda 371 ta alkogol mahsulotlarni iste’mol qiliş bilan boğliq qöpol tarzda tartibbuzarlik sodir etilgan.
Manzil-koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar soqçisiz, ammo nazorat ostida saqlanişi, ya’ni muassasa hududida erkin harakatlanişga imkoniyati mavjudligi, şu bilan bir qatorda, iş bilan boğliq tarzda muassasa hududidan taşqarida ham bölişlari natijasida ularni nazorat qiliş jarayonida qiyinçiliklar yuzaga keltiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, manzil-koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar tomonidan alkogol mahsulotlari, şuningdek tarkibida spirt bölgan boşqa mahsulotlarni iste’mol qiliş holatlari faktini tezkorlikda aniqlaş maqsadida koloniya faoliyatiga alkotester moslamalarini joriy qiliş va normativ-huquqiy hujjatlarda alkotester moslamalaridan foydalaniş tartibini belgilaş zaruriyati mavjud.
Buyruq loyihasida Özbekiston içki işlar vazirining 2012 yil 29 dekabrdagi 174-son buyruğini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlaştiriş bilan bir qatorda, manzil-koloniyalari navbatçilik qismlariga alkotester vositasini örnatiş hamda mazkur muassasalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytiriş maqsadi közlangan.













