Rossiya Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarida rjyevlik jurnalist Yekaterina Dunsovaning nomzodini qöllab-quvvatlagan taşabbus guruhini röyxatga oliş böyiça yiğilişni qoldirdi. Bu haqda 22 dekabr, juma kuni Dunsovaning özi ma’lum qildi.

«Keça men 22 dekabr kuni soat 15:00 ga rasmiy taklif oldim, lekin bugun saylov komissiyasi saytida bu masala 23 dekabr kuni soat 12:00 da kun tartibiga qöyilgan. Agar rad etilsa, takroriy yiğilişni ötkazişga ulgurmay qolamiz», - deydi u. 

Bundan taşqari, Dunsova MSK veb-saytida öz taşabbus guruhi va prezident Vladimir Putin guruhini röyxatdan ötkaziş böyiça turli formulalarga e’tibor qaratdi. Jurnalistlar guruhi böyiça bu - «arizani körib çiqiş töğrisida», amaldagi davlat rahbarida esa - «saylovçilar guruhini röyxatga oliş töğrisida».

Adliya vazirligining rejadan taşqari tekşiruvi

Bir kun avval Dunsova Rossiya hukumati 20 dekabr kuni MSKga taqdim etilgan nomzodlik hujjatlarini obrösizlantirişga urinişidan xavotir bildirdi. Ayolning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi xodimlari 21 dekabr kuni rejadan taşqari tekşiriş bilan kelgan, ular 17 dekabr kuni bölib ötgan yiğiliş bayonnomasi bilan qiziqqan. Putin taşabbus guruhi yiğilişi bayonnomasini tasdiqlagan notariusni tekşirişga heç kim kelmagan, deya ta’kidladi jurnalist.

Krasnoyarsklik Yekaterina Dunsova - jurnalist va köngilli qidiruv-qutqaruv guruhining koordinatori, Rjyev şahar dumasi deputati bölib işlagan. U 16 noyabr kuni prezidentlikka nomzodini qöyiş niyatini ma’lum qildi va bu qarorini «sönggi ön yil davomida mamlakat notöğri yönalişda: taraqqiyot yölida emas, balki öz-özini yöq qiliş yölida ketayotgani» bilan izohladi. Dunsova uruşni töxtatiş, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etiş tarafdori.  

Uç kunlik prezidentlik saylovlari

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bölib ötadi. Hozirgi davlat rahbari Vladimir Putin ham nomzod sifatida qatnaşmoqda. 

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi öz rahbari Leonid Slutskiyni oliy lavozimga nomzod qilib körsatdi, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi esa kommunistlar orasidan prezidentlikka Nikolay Xaritonov nomzodini qöllab-quvvatladi. Bundan taşqari, Davlat dumasining sobiq deputati Boris Nadejdin va Donetskdagi rossiyaparast ayirmaçilarning sobiq harbiy rahbari Igor Strelkov (Girkin) saylovlarda qatnaşiş niyatini ma’lum qilgan.