IIBB xabariga köra, Oqqörğon tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent şahrida yaşovçi 58 yoşli ayol (L.G.) gumonlanib, tekşirilganda uning yonidan 57 dona «zardeks» va «tropikomid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, hujjatlaştirilib olindi.

Uşlangan şaxs bilan ötkazilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida, u dorilarni tanişidan olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Uçtepa tumanida davom etgan tadbirda 1991 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni közdan keçirilgan. Uning uyidan 2 ming donaga yaqin «zardeks» «lirika» va «tropikomid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari daliliy aşyo sifatida olingan.

Bundan taşqari, uşbu xonadonda bölgan 1993 yilda tuğilgan şaxs ham ayolga yordamçi ekanligi, u dorilarni sotiş uçun mijozlar topiş va tarqatiliş bilan şuğullanişi aniqlandi.

Uşlanganlar bilan ötkazilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida, ular dori vositalarini tanişidan sotib olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Şayxontohur tumanida davom etgan tadbirda 1994 yilda tuğilgan şaxs 8 gr «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasini 300 AQŞ dollari va 4 mln 200 sömga nazoratdagi xaridorga sotayotgan vaqtida viloyat içki işlar boş boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan uşlangan.

Uning yaşaş xonadoni közdan keçirilganida yuviniş xonasida 46 gr «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi ötkaziş maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olindi. Uşbu şaxs sintetik giyohvandlik vositalarini «zakladka» tarzida tarqatiş bilan şuğullanişi aniqlangan.

Tört kun davomida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining savdosi bilan şuğullanuvçi 6 nafar şaxsdan iborat jinoiy guruh qölga olinib, noqonuniy muomaladan narxi 178 million sömga teng jami 2 000 donadan ortiq kuçli ta’sir qiluvçi, psixotrop dorilar hamda sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olingan.